Strategik rivojlanish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartining loyiha ofisi maslahatchilarining koordinatori sifatida jurnalistika va kommunikatsiya sohasidagi ekspert Jonatan Charlz uchun bir qator uchrashuvlarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) “O‘zbekiston 24” axborot kanali rahbariyati bilan uchrashuvda kadrlar tayyorlashdan tortib, texnik imkoniyatlargacha bo‘lgan sohaning bugungi holati, davlat organlarining jurnalistlar uchun ochiqligi darajasi va ularning malakasi, kadrlar tayyorlash tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, favqulotda vaziyatlarda zamonaviy ommaviy axborot vositalari tomonidan qo‘llaniladigan vositalar, soxta yangiliklarga qarshi kurash haqida fikr almashilindi.
Uchrashuvda pandemiya davrida O‘zbekiston mahalliy jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ulkan tajriba to‘plagani qayd etib o‘tildi. Davlat organlari ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yagona maqsadni belgilab, aholini karantin holati to‘g‘risida ishonchli va xolisona xabardor qilish uchun, kasallanish xavfi jadvali bilan bitta jamoada ishladilar.
Jonatan Charlzning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston haqiqatan ham so‘nggi besh yil ichida nafaqat tashqi dunyoga, balki uning jamiyatiga ham yangi yo‘l ochib berdi va u mutaxassis sifatida allaqachon davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro taʼsir samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalarga ega.