Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sherzod Shermatov ekspertga sohadagi yirik investitsiya loyihalari, IT-parkning maqsad va vazifalari, uning texnologik imkoniyatlari va innovatsion yechimlari haqida maʼlumot berdi.
Turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Ibrohimov bilan uchrashuvda Jonatan Charlzga mamlakatning sayyohlik brendini tashqi bozorda targ‘ib qiluvchi loyihalar, bu borada yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, vazirlik media-markazining kontentini tashkil etish, yirik xalqaro forumlarni o‘tkazish borasidagi vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Olingan barcha maʼlumotlardan aloqa va mamlakatning xalqaro brendini rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjat ishlab chiqishda foydalaniladi.