Oʻzbekistonda Xalqaro moliya markazi va Xalqaro tijorat sudini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari faol muhokama qilinmoqda
⚖️ Huquqiy ekspert, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi loyiha ofisi konsultanti Mari-Enn Birken Strategik rivojlanish agentligida seminar-trening oʻtkazdi. Tadbir doirasida huquq yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilariga Xalqaro moliya markazlari va tijorat sudlarining nizolarni hal etishning huquqiy rejimlari va tartiblari haqida maʼlumot berildi.