Strategik rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jonatan Charlz va Senatning axborot siyosati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Farhod Boqiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda senator Qo‘mita oldiga qo‘yilgan vazifalar, jumladan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumot berildi.
Eslatib o’tamiz, parlament yuqori palatasining Qo’mitasi bir yil avval tuzilgan.
Shu vaqt ichida sohani tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar monitoringi o‘tkazildi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi reytingi tuzildi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga talablarni bajarmagan shaxslar uchun shaxsiy javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar ishlab chiqildi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat organlari tomonidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega axborotlarning soni 35 taga yetdi.
Jonatan Charlz ta’kidlaganidek, uchrashuv davomida olingan barcha ma’lumotlar, kommunikatsiyalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalaniladi.