Strategik rivojlanish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Loyiha ofisining huquqiy eksperti Meri-Enn Birken raisligida Oʻzbekistonda xalqaro tijorat sudi tashkil qilish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ishchi guruh yigʻilishida Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Biznes-Ombudsman, Adliya vazirligi va boshqa davlat idoralari masʼul xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa-Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, Oʻzbekistondagi xalqaro arbitrajlar xodimlari ishtirok etdilar.
Munozaralarga boy boʻlgan yigʻilishda kun tartibidagi masalalar boʻyicha qarolar qabul qilindi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.