O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Hurmatli deputat va senatorlar! Muhtaram mehmonlar! Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda. O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va…