Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi
Hurmatli xonimlar va janoblar! Muhtaram mehmonlar! Avvalo, Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlayman. Bugungi anjumanimizda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo‘lgan siz, qadrli do‘stlarimiz va hamkorlarimizni ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yig‘ilishni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti…