O‘zbekistonda shifokorlar uchun bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

2024-yil noyabr oyida O‘zbekistonda ayollar salomatligini mustahkamlash yo‘nalishida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha ginekologlar uchun o‘quv dasturi ishga tushirildi. Mazkur dastur ijrosini monitoring qilish va baholash Strategik islohotlar agentligi zimmasiga yuklatilgan. Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Ayollar orasida…

Moliyaviy shaffoflik, ekologiya va investitsiyalar: “Mamlakat Platformasi”ning joriy yildagi ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun “Mamlakat platformasi” doirasida 2025-yildagi ilk davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etildi. Yig‘ilishda vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘lgan 90 dan ortiq ekspertlar ishtirok etib, iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, ekologik holat va moliyaviy boshqaruv masalalarini muhokama qildilar. Tadbir davomida Iqtisodiyot…

Strategik islohotlar agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan strategik rejalashtirish sohasidagi islohotlar muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan asosiy islohotlarni ishlab chiqish va xalqaro standartlarni rejalashtirish jarayoniga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida milliy va tarmoqlar darajasidagi amaldagi strategik rejalashtirish tizimi muhokama qilindi. Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov…

Strategik islohotlar agentligida Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jalil Rashid va maslahat guruhi menejeri Zisin Lin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshida Institut vakillari o‘z faoliyati va tashkilotning asosiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Ular orasida yuqori malakali sobiq davlat xizmatchilarining loyihalarda ishtiroki, xavf va…

Sirdaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida o‘rganishlar olib borib, sanoat, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, qurilish, renovatsiya va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan boshqa jami 11 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va Sirdaryoni kompleks rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqdi. Ma’lumot uchun: Sirdaryo viloyatining hududi – 4,3 ming…