2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi
Strategik islohotlar agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Dasturi quyidagi 10 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Ushbu yo‘nalishda 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqish, naqdsiz shakldagi to‘lovlarning umumiy to‘lovlardagi ulushini oshirish, strategik rejalashtirishning yagona va kompleks tizimini joriy etish…