Agentlik huzuridagi Strategik tashabbuslar akseleratori doirasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Markaziy bank, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlari oʻtkazildi. Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Strategik rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.…