Agentlik huzuridagi Strategik tashabbuslar akseleratori doirasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Markaziy bank, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlari oʻtkazildi. Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Strategik rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.…

Joylarda loyihalarni tanlash va amalga oshirishning uslubiy jihatlari muhokama qilindi

Strategik rivojlanish agentligi investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mamlakat hududlarida loyiha guruhlari tomonidan loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha ish olib bormoqda. Mazkur faoliyat doirasida Agentlik tomonidan Respublikaning tuman va shaharlarida eng istiqbolli loyihalarni tanlab olishning amaldagi tizimi tahlil qilindi. Agentlikni oʻrganish natijalari investitsiya va tashqi savdo sohasida samarali…