Markaziy bank, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlari oʻtkazildi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Strategik rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Bank, soliq, qishloq xoʻjaligi sohalarida, shuningdek, soliq va bojxona maʼmurchiligi sohasida mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan yangi takliflar atroflicha koʻrib chiqilvoqda.
Akselerator ishi natijasida shakllangan barcha tashabbus va mexanizmlar, shuningdek, “Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaror loyihasi Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kengash muhokamasiga taqdim etiladi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati