Strategik rivojlanish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari orasidan yosh yetakchilar uchun oʻquv dasturini ishga tushirdi.
Loyiha konsyepsiyasida Oʻzbekiston Respublikasining turli vazirlik va idoralaridan yosh mutaxassislarni BAA davlat muassasalarida oʻqitish va amaliyot oʻtishlarini tashkil etish koʻzda tutilgan.
BAAda 8-dekabr kuni boshlangan oʻquv dasturida qatnashgan oʻzbekistonlik bir guruh yosh mutaxassislar Dubaydagi YEXRO-2020 da boʻlib, u yerda yangi tendensiyalari va kelajak texnologiyalarni oʻrganib, BAA davlat tashkilotlarida amaliyot oʻtashdi.
Yosh yetakchilar uchun oʻquv dasturi 12 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim olishni taʼminlaydi, ularning asosiylari:
sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, energetika, kommunal sohalarga investitsiyalar;
davlat investitsiyalarini boshqarish;
davlat-xususiy sektor hamkorligi
Loyiha oflayn va onlayn taʼlim usullari uchun moʻljallangan.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati