Toshkent Xalqaro moliya markazlari Butunjahon alyansining “kuzatuvchisi” maqomini oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Kasablanka (Marokash Qirolligi) shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon moliya markazlari Alyansi (WAIFC)ning soʻnggi direktorlar kengashida Toshkentning WAIFC faoliyatida xalqaro moliya markazi sifatida ishtirok etish va Toshkentning WAIFC “kuzatuvchisi” maqomini olishi masalasi koʻrib chiqildi. WAIFC direktorlar kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Toshkent Jahon Alyansining Xalqaro moliya markazlari…

Agrar sohadagi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Uch yil avval mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinib, katta islohotlar boshlangan edi. Jumladan, meva-sabzavot eksporti 1,7 baravar oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. G‘allachilikda bozor mexanizmlariga o‘tilgani natijasida fermerlar daromadi 2 baravarga oshdi.…

Jonatan Charlz tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan uchrashdi

Аsosiy eʼtibor Oʼzbekistonning xalqaro brendingi strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda esa, TIV rahbarining fikricha, mamlakatning tarixiy merosidan tortib, Yangi Oʼzbekiston yutuqlarigacha boʼlgan barcha jihatlarni qamrab olish muhim. – Yangi O‘zbekiston har jihatdan ochiq mamlakat. Bugungi kunda u turizm, fan va ta’lim, madaniyat va xalqaro siyosat markazidir. Maʼlumki, mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasining ayni markazida joylashgan boʻlib,…

GFCI Xalqaro moliya markazlari global indeksi Toshkentga “Uyushgan xalqaro moliya markazi” maqomini berdi

“Z/Yen” xalqaro tahlil markazi (Buyuk Britaniya) tomonidan yaqinda Toshkent shaxri Xalqaro moliya markazlari global indeksiga (GFCI) “Uyushgan xalqaro moliya markazi” xalqaro maqomi sifatida kiritildi. Maʼlumot uchun: bugungi kunda GFCI reytingi dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan 128 ta xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini baholaydi. GFCI 32 reytingini tayyorlash doirasidagi intervyu-baholash ishlarida turli moliya markazlarining 11 mingdan ortiq vakillari qatnashdilar. GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining…