Toshkent Xalqaro moliya markazlari Butunjahon alyansining “kuzatuvchisi” maqomini oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Kasablanka (Marokash Qirolligi) shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon moliya markazlari Alyansi (WAIFC)ning soʻnggi direktorlar kengashida Toshkentning WAIFC faoliyatida xalqaro moliya markazi sifatida ishtirok etish va Toshkentning WAIFC “kuzatuvchisi” maqomini olishi masalasi koʻrib chiqildi. WAIFC direktorlar kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Toshkent Jahon Alyansining Xalqaro moliya markazlari…