Chimboy tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, tumanni rivojlantirish bo‘yicha takliflari ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Tuman hokimligi vakillari bilan olib borilgan o‘rganishlar davomida tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Chimboy tumani 3-toifaga kiradi, tumandagi 22 ta mahallada 115 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 38 mlrd so‘mni tashkil etadi.…