Strategik islohotlar agentligida alohida davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik va 8 ta idora va jamoat tashkilotlari o‘rtasida istiqbolli tashabbus va takliflar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik direktori B.Raxmatov, direktorning birinchi o‘rinbosari A.Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sh.Turdiqulova, Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z.Ziyaev, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘I D.Allanazarov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi…

Strategik islohotlar agentligi va xorijdagi vatandoshlar islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan onlayn uchrashuvda xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, ilmiy tashkilot va kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan 230 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz mamlakatimizda 2024 yilda amalga oshirilishi taklif etilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Malayziya, Rossiya, Singapur, AQSH, Fransiya, Janubiy…