Hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Koreya Respublikasi Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar Kengashi oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandum imzolandi. Ushbu qadam ikki mamlakat oʻrtasida islohotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, davlat korxonalari faoliyatining jarayonlarini hamda strategik rejalashtirish sohasidagi hamkorlik ishlarini, iqtisodiy taraqqiyot tahlilini, islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilishni yaxshilashga qaratilgan.

SIA va YETTB: hamkorlikning yangi bosqichi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirib, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmak bermoqda. 2022-yilning oʻzida YETTB 26 ta loyihalar amalga oshirilishi uchun Oʻzbekistonga 900 mln yevro investitsiya kiritdi. YETTB mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy portfeli esa jami 1,7 mlrd yevro qiymatga ega 57 ta…

«Delivery Unit»: ijtimoiy islohotlarga qaratilgan loyiha

2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yettita asosiy vazifani tasdiqladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarini isloh qilish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir. Tashkil qilingan «Delivery Unit» (tarjimada – Natijalarga erishish Ofisi) Ofisining eʼtibori ana shu ustuvor yoʻnalishlarga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida boʻlib oʻtgan tadbirda «Delivery Unit» Ofisining…