✅Rasmiy munosabat
Ommaviy axborot vositalarida Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etilgani haqidagi maʼlumotlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: 2022-yil 3-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 56-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari tayinlangan edi. 2022-yil 8-sentyabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-216-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti…