Oʻzbekistonni 2040-yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli yondashuvi – U bugungi va ertangi hayotimizda qanday aks etadi?
Bu yil Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarning, milliy taraqqiyotimizning ikkinchi strategik davri boshlandi. Yaʼni, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosiga kirishdik. Eng avvalo, strategik rivojlanish yoʻli afzalliklari va bu borada erishilgan natijalar koʻz oldimizdan oʻtadi. Umuman olganda, strategiya, bu – sanʼat. Boshqaruvni toʻgʻri va istiqbolli rejalashtirish sanʼati.…