“Mitsui” Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yirik sarmoya kiritmoqchi

Yaponiyaning «Mitsui & Co.» savdo kompaniyasi, dunyodagi eng yirik moliyaviy va sanoat kompaniyalaridan biri – «Mitsui Group» kompaniyasining bir qismi sifatida energetika, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati kabi tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston bozorida ham aynan shu tarmoqlarda ishtirok yetishga qiziqish bildirdi. Bu haqda, «Mitsui & Co. Moscow» kompaniyasining Bosh direktorining oʻrinbosari Kadzumasa Midyazava Strategik rivojlanish…

Toshkentda tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot haftaligi” oʻz ishini boshladi

Bugun poytaxtimizda tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot haftaligi” boshlandi. Panel sessiyalari Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga boʻlingan. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish, xususiylashtirish va xususiy mulk daxlsizligini himoya qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, soliq va bojxona toʻlovlari, davlat xaridlari va qimmatli qogʻozlar bozori masalalari shular jumlasidandir. Tadbirda 9 ta sessiya tashkil…

Qo‘shni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.…

Oʻzbekistonda xalqaro moliya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Joriy yilning 7-8-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligida “Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil qilish: rivojlanish modeli va faoliyatning eng muhim yoʻnalishlari” sessiyasi doirasida ilgʻor xalqaro ekspertlar, moliyachilar, investorlar uchrashdilar. Ular Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM) Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday afzallik va imkoniyatlar berishini muhokama qilib, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil qilish…