Strategik islohotlar agentligi (SIA) rahbariyati Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
Agentlikning 2024-yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, joriy yil 4-martdagi PQ-109-son Prezident qaroriga muvofiq strategik islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, hududlarni rivojlantirish dasturlari suhbatning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Sharlotta Adrian ushbu qarorda nazarda tutilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Yevropa Ittifoqi rejalarni amalga oshirishning har bir bosqichida ekspert-maslahat yordamini ko’rsatishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek Yevropa tomoniga SIA tomonidan hudularda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, jumladan respublikaning bir qator tuman va shaharlaridagi foydalanilmayotgan imkoniyatlar va har bir tumanning qiyosiy afzalliklarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi nuqtalarini aniqlash boʻyicha oʻrganish ishlari haqida maʼlumot berildi. Shu jumladan Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan, jumladan, hududlarni rivojlantirishni boshqarishning yangi tizimini yaratishni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni loyihasi ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Yevropa tomoni 2024 yilda tarmoq idoralariga moliyaviy va texnik maslahat yordamini ko‘rsatuvchi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlar bilan samarali hamkorlik qilish uchun yaratilgan “Mamlakat platformasi” kotibiyati funksiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.