Yaqinda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Janob Mantovanelli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va joriy yilning mart oyida qabul qilingan Prezident qarori doirasida Agentlikning strategik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Ayni paytda O‘zbekiston va Jahon banki energetika, qishloq xo‘jaligi, yer-suv masalalari, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalari bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Xususan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlariga 50 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etishda ishonchli huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tomonlar, shuningdek, Jahon bankining turli masalalar bo‘yicha tavsiyalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish, umuman, samarali ishlarni tashkil etishning yangi mexanizmini ishga tushirishga kelishib oldilar.