Agentlik va Jahon banki o‘rtasida hamkorlik rejalari va istiqbollari muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Yaqinda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Janob Mantovanelli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va joriy yilning mart oyida qabul qilingan Prezident qarori doirasida Agentlikning strategik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ayni paytda O‘zbekiston va Jahon banki energetika, qishloq xo‘jaligi, yer-suv masalalari, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa…

Strategik islohotlar agentligi rahbariyati Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

Strategik islohotlar agentligi (SIA) rahbariyati Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian bilan uchrashdi. Agentlikning 2024-yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, joriy yil 4-martdagi PQ-109-son Prezident qaroriga muvofiq strategik islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, hududlarni rivojlantirish dasturlari suhbatning asosiy mavzulari bo‘ldi. Sharlotta Adrian ushbu qarorda nazarda tutilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Yevropa Ittifoqi rejalarni…