Toshkent xalqaro investitsiya forumi istiqbolli loyihalarning taqdimot maydoni bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu forum 24-26-mart kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafardan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo tarraqiyot banki prezidentlari, vazirlar, yirik korporatsiya…