Strategik rivojlanish agentligi faoliyati yuqori doirada muhokama qilindi
12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan. Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh…