“Z/Yen” xalqaro tahlil markazi (Buyuk Britaniya) tomonidan yaqinda Toshkent shaxri Xalqaro moliya markazlari global indeksiga (GFCI) “Uyushgan xalqaro moliya markazi” xalqaro maqomi sifatida kiritildi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda GFCI reytingi dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan 128 ta xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini baholaydi. GFCI 32 reytingini tayyorlash doirasidagi intervyu-baholash ishlarida turli moliya markazlarining 11 mingdan ortiq vakillari qatnashdilar.
GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholaydi: moliya bozori, biznes-muhit, inson kapitali, infratuzilma, obroʻ. Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Uyushgan markaz maqomiga ega boʻlishning afzalliklaridan biri, bu global ekspert va investitsiya hamjamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi salohiyatiga bahosidir.
Respublika poytaxtini Indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda O‘zbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashga rag‘batlantiradi
Maʼlumot uchun: Z/Yen Group moliya sektori kompaniyalarining keng doirasi orasida reyting bahosi beriladigan moliya markazlarining rivojlanish surʼati toʻgʻrisida axborot tarqatadi, shu jumladan yirik global portfel investorlari va suveren jamgʻarmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ish olib boradi.
Strategik islohotlar agentligi Matbuot-xizmati