Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi islohotlar o‘rganildi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylardagi vaziyat tahlil qilinib, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi va muammolarni hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Xususan, Toshkent shahridagi markaziy temir yo‘l kassalarida chiptalar savdosi bilan bog‘liq holat va yo‘lovchilarning narxlarga doir fikrlari o‘rganildi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, chiptalar narxi o‘rtacha 20 foizga oshganiga qaramay, vagonlarda…