Strategik islohotlar agentligi va Suma Chakrabarti idorasi joriy masalalar va istiqbollarni muhokama qildi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Chakrabarti ofisi tomonidan amalga oshirilayotgan ustuvor loyihalar muhokama qilindi. Xususan, ofis vakili Mandip Beyns Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi…