Umumiy holat
2023-yil iyul oyida O‘zbekiston iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo‘ldi, ammo so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi davom etdi. 2023-yilning ikkinchi choragida inflyatsiya pasaydi. Shuningdek, YaIM, aholi jon boshiga YaIM, eksport va import 2023-yilning birinchi yarmida o‘sdi.
Iqtisodiy o‘sish
YaIM 2023-yilning birinchi yarmida 470 trillion so‘mga yetdi va 5,6 foiz o‘sdi. Bu o‘sish sur’ati 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin kuzatilgan ko‘rsatkichlarga juda o‘xshaydi. Eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar axborot va aloqa (22 foiz o‘sdi) hamda moliya va sug‘urta faoliyati (13 foiz) bo‘ldi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sektorida pasayish kuzatildi (-4 foiz). Boshqa sekin rivojlanayotgan tarmoqlar ichida tog‘-kon va karyer qazish (0,2 foiz o‘sdi), davlat boshqaruvi va mudofaa (2 foiz), kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatlar (3 foiz). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish esa 4 foiz o‘sdi.
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 2023-yilning birinchi yarmida 13 million so‘mni (taxminan 1139 dollar) tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga va 2019-yilning shu davriga nisbatan 11,7 foizga real o‘sish sur’atini anglatadi.
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 2023-yilning birinchi yarmiga kelib 338,4 trillion so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga oshdi. Aholi jon boshiga daromadlar esa 9,3 million so‘mni tashkil etib, bu real ko‘rsatkichda 4,3 foiz o‘sishni ta’minlab berdi.
XVJ jahon iqtisodiyoti uchun o‘sish prognozlariga biroz o‘zgartirishlar kiritdi. Hozirda tashkilot 2022-yil uchun global oʻsishni 3,5 foiz, 2023 va 2024-yillarga esa 3 foiz prognoz qilmoqda. Shunday qilib, global oʻsish tarixiy standartlar boʻyicha zaifligicha qolmoqda. XVJga ko‘ra, Ukrainadagi urushning potensial kuchayishi, Xitoyning tiklanishining sekinlashishi, suveren qarz muammosi, ob-havo bilan bog‘liq ekstremal hodisalar va moliyaviy sektorning turbulentligi sabab bo‘lishi mumkin, bu esa markaziy banklar tomonidan fiskal va monetar siyosatni yanada qattiqlashtirishga olib keladi.
Ish haqi va bandlik
Oʻzbekistonda 2023-yilning ikkinchi choragida oʻrtacha nominal ish haqi (qishloq xoʻjaligi va kichik biznes subʼyektlari bundan mustasno) 4,3 million soʻmni tashkil etdi. Real ish haqi 2023-yilning birinchi choragiga nisbatan 4,5 foizga, 2022-yilning ikkinchi choragiga nisbatan esa 11,9 foizga oʻsdi. Bu real ish haqining sezilarli o‘sishidir. Haqiqiy ish haqi ham aholining umumiy real daromadlaridan, ya’ni boshqa daromad manbalaridan olingan daromadlardan tezroq o‘sishidan dalolat beradi.
2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,2 foizga kamdir. 2023-yilning ikkinchi choragida xorijdan transferlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravarga qisqardi. Bunga, ehtimol, 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini va Rossiyada harbiy xizmatga chaqiruvning kuchayishi bilan ruslarning immigratsiyasi qisqargani sabab bo‘lishi mumkin. Biroq, pul o‘tkazmalari hali ham 2020 va 2021-yillarga qaraganda yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Rossiyadan kelib tushgan pul o‘tkazmalari eng katta ulushnni tashkil etib, bu chet eldan tushgan umumiy o‘tkazmalarni 80 foiziga toʻgʻri keladi.
Statistika agentligi tomonidan yaqinda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 67,2 foizi ish bilan ta’minlangan. Mehnatga layoqatli aholining 74 foizi iqtisodiy faol deb topilgan. Ta’kidlab o‘tish kerakki, ishsizlik darajasi 2022-yilda 8,9 foizni tashkil etdi. Davlat sektori butun ish bilan band aholining 19 foizini tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich, taqqoslaganda, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasidagi statistik raqamlarga o‘xshashdir.
Inflyatsiya va pul-kredit siyosati
Iyul oyida Iste’mol narxlari indeksi –0.2 foizga kamayib, oldingi oyga nisbatan yengil o‘sish (–0.3 foiz) qayd etildi (1-diagramma). 2022-yilning tegishli davrida oylik inflyatsiya darajasi biroz yuqoriroq (-0,1 foiz) ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy iste’mol narxlar indeksi 3,3 foizga oshdi, bu 2022-yilning tegishli davriga nisbatan sezilarli pasayishni anglatadi (6,4 foiz). 2023-yilning dastlabki yetti oyida o‘rtacha oylik inflyatsiya 0,7 foizni tashkil etdi.
1-diagramma: Oylik umumiy va oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi
Manba : https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_-2023_-yanvar-iyul-5.pdf
Iyul oyida yillik inflyatsiya darajasi avvalgidan kichikroq sur’atda bo‘lsa ham, sekinlashishni davom etdi (2-diagramma). Inflyatsiya ko‘rsatkichi 8,9 foizni tashkil etib, taqqoslaganda, shu yilning iyun oyida 9.0 foiz, may oyida esa 10.4 foiz va yanvarda 12.2 foiz edi.
2-diagramma: Yillik iste’mol narxlari indeksi (CPI)
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_-2023_-yanvar-iyul-5.pdf
27-iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz o‘zgarmagan holda qoldirishga qaror qildi. Markaziy bank ushbu qaror asoslarida inflyatsion bosimni davom ettirishi bilan, so‘nggi 6 oy ichida xizmatlar inflyatsiyasining sezilarli darajada pasaymasligini ta’minlab, asosiy inflyatsiyaning kutilganidan sekinroq pasayishiga (may oyida 12.4 foizdan iyun oyida 11,3 foizga) sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank joriy yil yakuni uchun yillik inflyatsiyani 8,5-9,5 foiz oralig‘ida maqsad qilib qo‘ygan. Bu ko‘rsatkichga 2023-yilning iyun va iyul oylarida erishilgan edi. Yillik inflyatsiyaning bunday sekinlashishi Markaziy bankning navbatdagi yig‘ilishlaridan birida asosiy stavkaning pasayishiga zamin yaratdi. Keyingi yig‘ilish sentabr oyiga rejalashtirilgan.
Xalqaro zaxiralar
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyulga kelib O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 33,72 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan oylardagi zaxiralarning kamayish tendensiyasi 2023-yil iyun oyida ham davom etdi. Oldingi oyga nisbatan pasayishi deyarli 650 million dollarni, ya’ni 2 foizni tashkil qildi. Chet el valyutasidagi aktivlar ushbu pasayishning katta qismini tashkil qiladi. Ular 5 foizga kamaydi. Oltin zaxiralarining qiymati iyun oyida 0,6 foizga biroz kamaydi, ammo ularning jismoniy zaxiralari o‘tgan oyga nisbatan 2 foizga oshdi. Zaxiralar yil boshiga nisbatan 6 foizga kamaydi: valyuta aktivlari 18 foizga, lekin oltin qiymati deyarli o‘zgarmadi, oltin hajmi esa 5 foizga kamaydi.
O‘zbekistondagi xalqaro zaxiralarning hozirgi darajasi XVF kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan darajadan ancha yuqori. Zaxiralar kamida 16 oylik importni qoplash uchun yetarli, bu dunyo va qo‘shni mamlakatlardagi o‘rtacha zaxiralar darajasidan ancha yuqoridir. Xuddi shu ko‘rsatkich O‘zbekistoning YaIMning 44 foizga teng. Xalqaro zaxiralarning pulga nisbati (M2) 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 204 foizni tashkil etdi. Mavjud xalqaro zaxiralar O‘zbekistonning qisqa muddatli tashqi qarzini 5,1 barobar qoplaydi.
Valyuta kursi dinamikasi
2023-yil iyul oyida so‘m AQSh dollariga nisbatan doimiy ravishda qariyb 1 foizga qadrsizlandi (3-diagramma). Yevroga nisbatan 2 foizdan ko‘proqqa qadrsizlandi, ayniqsa oyning o‘rtalarida 4 foizga keskin pasayib ketdi va bu raqam oyning oxirigacha faqat qisman tiklandi. Shuningdek, o‘zbek so‘mi Qozog‘iston tengesiga nisbatan 2 foizga qadrsizlandi. Bundan tashqari, iyul oyida o‘zbek soʻmi Qirgʻiziston soʻmi va tojik somoniga nisbatan 1 foizdan kamroqqa qadrsizlandi.[1]
Iyul oyi boshida Vagner guruhining qo‘zg‘oloni va Rossiya eksportining qisqarishi natijasida so‘m Rossiya rubliga nisbatan 8 foizga qimmatlashdi. Keyinchalik so‘m sezilarli darajada yuqori barqarorlashishga erishdi va iyul oyida ham 6 foizdan ortiq o‘sish bilan yakunladi. Turkiyadagi doimiy yuqori inflyatsiya tufayli so‘m iyul oyida turk lirasiga nisbatan o‘sishda davom etdi. Oyning ikkinchi yarmida so‘mning o‘sishi ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlandi, shuning uchun so‘m iyul oyi davomida 3 foizga qimmatlashdi.
3-diagramma 2023-yil yanvar-iyul oylarida asosiy valyutalarning so‘mga nisbatan o‘zgarishi (nominal valyuta kursi)
2022-yil 30-dekabrda 100 ga normallashtirilgan o‘sish= so‘mning qadrsizlanishi;
Manba: Markaziy bank ma’lumotlariga asoslangan
2023-yilning yetti oylik holatini kengroq ko‘rib chiqsak, so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,5 foizga, yevroga 7,2 foizga, Qozog‘iston tengesiga 7,1 foizga va qirg‘iz so‘miga nisbatan 1,2 foizga qadrsizlandi. Ushbu mamlakatlarda yuqorida qayd etilgan muammolar tufayli o‘zbek so‘mi Rossiya rubliga nisbatan 18,9 foizga va turk lirasiga nisbatan 28,2 foizga sezilarli darajada qimmatlashdi. Shuningdek, so‘m tojik somoniga nisbatan 3,7 foizga o‘sdi, asosan, 2023-yilning fevral oyida Rossiya rubli qadrsizlana boshlaganida qimmatlashdi.
Xalqaro savdo
4-diagramma: O‘tgan yilning shu oyiga nisbatan eksport va import o’sishi
Manba: https://stat.uz/images/uploads/docs/tashqi_savdo_ru_2023_yanvar-iyun.pdf
Iyun oyida tovar va xizmatlarning oylik eksporti 1,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2022-yilning iyuniga nisbatan 12 foiz o‘sdi (4-diagramma). Iyun oyida hech qanday oltin eksport qilinmadi – ehtimol aprel va may oylarida juda yuqori narxlardan keyin bu oyda oltin narxi biroz pasaygan (5-diagramma). Oylik import 1,7 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan 29 foizga kamaygan. Ushbu evolyutsiya 2023-yil may oyida importning keskin o‘sishi tufayli kompensatsiya effekti bo‘lishi mumkin.
2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 29,2 milliard dollarni tashkil etib, 2022-yilning birinchi yarmiga nisbatan 19,4 foizga o‘sdi. Eksport hajmi 12,1 milliard dollarga, import hajmi esa 17,0 milliard dollarga yetdi. Eksport va importning o‘sish sur’atlari 2022-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 23,0 foiz va 17,0 foizni tashkil etdi. 2023-yilning birinchi yarmida salbiy savdo balansi 4,9 milliard dollarni tashkil etdi. 202birinchi yarmida savdo taqchilligi 4,7 milliard dollarni tashkil etdi. 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda umumiy savdoning YaIMga nisbati 72 foizni tashkil etadi. Bu savdoga ochiq bo‘lgan tovar eksport qiluvchi, past va o‘rta daromadli mamlakat uchun odatiy ko‘rsatkichdir. Eksport yalpi ichki mahsulotning 30 foizini, import esa 42 foizini tashkil qiladi. 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari qimmatbaho metallar va toshlar (37 foiz), xizmatlar (19 foiz) va paxta (6 foiz) bo‘ldi. Oʻzbekistonning asosiy import tovarlari: qozonxonalar va mexanik qurilmalar (16 foiz), temir yoʻldan tashqari quruqlikdagi transport vositalari (11 foiz), mineral yoqilgʻi, neft va ularni distillash mahsulotlari (8 foiz), elektr mashinalari va uskunalari (8 foiz) va xizmatlar (6 foiz) tashkil etdi.
5-diagramma: 2023-yil yanvar-iyul oyilarida oltinning kunlik narxi evalutsiyasi
Manba: https://www.gold.org/goldhub/data/gold-prices
Ayrim davlatlar orasida Rossiyaga eksport 2023-yil iyun oyida 2022-yil iyundagi darajasiga nisbatan 5 foizga o‘sdi (6-diagramma). Shu bilan ushbu mamlakatga eksportning uch oylik qisqarishi tugadi. Xitoyga eksport 2 foiga o‘sdi. Qozog‘istonga eksport 9 foizga qisqardi va o‘tgan oylarda yuqoriga va pastga qarab o‘sishni davom etdi. Turkiyga eksport qisqarishda davom etmoqda. Iyun oyida ular 52 foizga kamaydi. Qirg‘izistonga eksport to‘rtinchi oy ketma-ket pasaymoqda (-62 foiz). Tojikistonga oylik eksport iyun oyida 31 foiz oshdi. 2023-yil iyun oyida O‘zbekistonning deyarli barcha asosiy savdo hamkorlarida import kamaydi. Xususan, Rossiya va Qozog‘istondan import mos ravishda 48 foiz va 38 foizga kamaydi. Shu bilan birga, Xitoy (-4 foiz) va Turkiyada (-9 foiz) import ko‘rsatkichlari ham kamaydi.
6-diagramma: Asosiy eksport bozorlari boʻyicha oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan eksport oʻsishi
Manba: https://stat.uz/images/uploads/docs/tashqi_savdo_ru_2023_yanvar-iyun.pdf
Tanlangan davlatlar inflyatsiya va tashqi savdo ko‘rsatkichlari
1-jadval: 2023 yil iyun oyida tanlangan mamlakatlarda inflyatsiya va savdo
Mamlakatlar | Inflyatsiya | Import | Eksport | |||
oylik | yillik | nominal (milliard dollar) | o‘sish | nominal (milliard dollar) | o‘sish | |
Belarus | 0.30% | 2.90% | 3.6 | 28.5% | 3.3 | 5.8% |
Xitoy | -0.20% | 0% | 214.7 | -6.8% | 285.3 | -12.4% |
Qozog‘iston | 0.50% | 14.60% | 24.2* | 38.8%* | 31.6* | -7.7%* |
Qirg‘iziston | 0.70% | 10.50% | 4.3* | 29.2%* | 0.9* | 21.9%* |
Rossiya | 0.37% | 3.3% | – | – | – | – |
Turkiya | 3.92% | 38.21% | 26.1 | -17.5% | 20.9 | -10.5% |
O‘zbekiston | -0.30% | 9% | 3.4 | 64% | 2.8 | 127% |
*Yanvar-May Manba: tanlangan mamlakatlar statistik agentligi
Boshqa tanlangan davlatlar bilan solishtirganda (1-jadval) O‘zbekistonda oylik inflyatsiya darajasi 2023-yil iyun oyida eng past, hatto Xitoydagidan ham pastroq bo‘ldi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasida oylik inflyatsiya darajasi O‘zbekistonga nisbatan mos ravishda 0,5 foiz va 0,7 foiz yuqoridir. Yillik inflyatsiya darajasi Xitoy (0 foiz), Belorussiya (2,9 foiz) va Rossiya Federatsiyasi (3,3 foiz) dan yuqori bo‘lsa-da, Qirg‘iziston Respublikasi (10,5 foiz), Qozog‘iston (14,6 foiz) va Turkiya (38,2 foiz) dan past bo‘ldi.
Tanlangan davlatlar orasida 2023-yil iyun oyida O‘zbekiston eng katta eksport o‘sishiga erishdi. Biroq bunga asos oltin eksporti sabab bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Xitoy, Turkiya va Qozog‘istonda eksport hajmi 2022-yilning iyuniga nisbatan kamaygan. O‘zbekistonda esa 2023-yil iyun oyida import o‘sish sur’ati boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Import faqat Xitoyda (-7 foiz) va Turkiyada (-18 foiz) kamaydi.
Fiskal siyosat
31.07.2023: Prezident qarori loyihasi dasturida, 2023-yilda davlat byudjeti taqchilligining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ruxsat etilgan maksimal nisbatini 5 foizga yetkazish taklif etilmoqda. Bu hukumat joriy yilda qonunda ko‘rsatilgan 3 foizlik chegarani bajara olmasligidan dalolat beradi. Markaziy bank raisi byudjyetning o‘sishini ichki talabni qondirish uchun tabiiy gaz importiga qo‘shimcha xarajatlar, uning bozor narxi bilan o‘zbekistonlik iste’molchilarga va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan subsidiyalangan narx o‘rtasidagi farqni qoplash bilan bog‘ladi. 2022-yilda byudjetning yalpi ichki mahsulotga nisbati 4 foiz bo‘lganda ham, 3 foizlik maqsadga erishib bo‘lmas edi.
28.07.2023. 1-avgustdan pensiya va nafaqalarning ayrim turlari oshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi:
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m;
- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 568 000 so‘m;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m;
- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 so‘m etib belgilanadi;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.
- 1-avgustdan boshlab ota-onalar ham o‘z farzandlarining ta’lim muassasalarida o‘qishiga sarflanadigan mablag‘lar uchun shaxsiy daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
02.08.2023. Davlat 630 million dollarlik turistik loyihalarni amalga oshirmoqchi. Investitsiyalar hajmi boʻyicha beshta yirik loyiha: Angren shahridagi togʻ-changʻi majmuasi, Xonobod shahrida (Andijon viloyati) dam olish uchun sunʼiy koʻl, Termiz shahridagi mehmonxona va koʻngilochar majmuasi, Navoiy viloyatidagi Toʻdakoʻl koʻli atrofidagi plyajdagi dam olish zonasi va Samarqand shahridagi 4 yulduzli mehmonxona va savdo majmuasini qurish rejalashtirilmoqda. Turizm industriyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, turoperatorlar uchun subsidiyalar va mehmonxonalar qurilishi uchun to‘lovlarni uzaytirishni o‘z ichiga oladi.
Investitsiya loyihalari
11.07.2023. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qiluvchi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirga bo‘ysunadigan “investitsiya menejeri” lavozimi yaratiladi. Ular xorijiy sarmoyadorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilishni o‘z zimmalariga olishadi. Ushbu investitsiya menejerlari, 437 nafar investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlagan holda, joriy yilda qo‘shimcha 3 milliard dollar sarmoya jalb qilishlari belgilab berildi.
31.07.2023. “Toshkent invest” maxsus davlat kompaniyasi Toshkent hokimligi va biznes o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi. Xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Toshkent infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya Toshkent taraqqiyot jamg‘armasini ham boshqaradi. Kompaniyaning ustav kapitali bosqichma-bosqich 1 trillion so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.
27.07.2023. “Ferkensco Management Limited” kompaniyasi Navoiy viloyatidagi “NEOFOS” konchilik korxonasida fosforit rudasi ishlab chiqarish hajmini yiliga 2-2,5 million tonnaga oshirishini ma’lum qildi. Fosforit 2023-yil oxirida ochilishi kerak bo‘lgan yangi zavodda qayta ishlanadi. Ular “Samarqandkimyo”dagi qurilishi davom etayotgan zavodda o‘g‘itlar uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. “NEOFOS” loyihasi boʻyicha agrosanoat majmuasiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 100 million dollardan oshadi.
02.07.2023. Italiyaning “Cotonella” to‘qimachilik kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida hududiy ofisini va zavodini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Dastlabki bosqichda ular yiliga 2 million donagacha tayyor trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni, 80 ga yaqin kishini doimiy ish bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda kompaniya yiliga 8 million dona yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 5 million dollar sarmoya kiritib, 500 ga yaqin doimiy ish o‘rinlarini yaratish niyatida.
Statistika agentligining yaqinda eʼlon qilingan maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 266 trillion soʻmga yetdi. Bu yalpi ichki mahsulotning 30 foizini tashkil etadi va 2021-yilga nisbatan 11 foizga ko‘proq. Aholining jon boshiga asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar 7,5 million so‘mni tashkil etib, 8 foizga o‘sdi. 2023-yilning birinchi va ikkinchi choraklarida aholi jon boshiga ushbu investitsiyalar, 2022-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 2,7 foiz va 14,7 foiz oshdi.
E’lon qilingan iqtisodiy loyihalar
24.07.2023. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “yashil iqtisodiyot” faoliyatiga ixtisoslashgan holda muayyan hududlarning iqtisodiy bazasini diversifikatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni belgilovchi qaror loyihasini eʼlon qildi. Hujjat “Yashil kafolat” dasturlarini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturini oʻz ichiga oladi. “Yashil iqtisodiyot” tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish belgilangan. “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, joriy yilning oxirida Jizzax avtomobil zavodida Volkswagen EV’larni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. BYD elektromobillarini ishlab chiqarishni esa 2024-yil aprel oyida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida yoʻlga qoʻyish mo‘ljallangan.
24.07.2023. Yil oxirigacha Jizzaxda ikkita erkin savdo zonasi: “Gagarin” va “Sarmich” tashkil etiladi. Bundan tashqari, Namangan shahridagi IT-park rezidentlari kompaniyalar to‘laydigan 7,5 foiz daromad solig‘ining 3,5 foizini qaytarishni nazarda tutuvchi maxsus “Cashback” tizimiga ega bo‘ladilar.
21.07.2023. Sobiq mahkumlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga har bir sobiq mahkum uchun 990 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiya beriladi. Subsidiyani olish uchun sobiq mahkum kompaniyada kamida 3 oy ishlagan bo‘lishi kerak.
16.07.2023. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan eksportga yo‘naltirilgan korxonalar va ulgurji sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eksportchiga tez yordam” raqamli platforma yaratildi. Unga http://export.miit.uz/?parent_category=48 manzilidan kirish mumkin (hozircha faqat o‘zbek va rus tillarida).
15.07.2023. Zararli va xavfli sharoitlarda ishlaydigan og‘ir ishlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unda 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga novvoy, qassob, muzqaymoqchi, dori-darmon tarqatuvchi, yo‘lovchi poyezdining mashinist-ustasi kabi ba’zi kasblarda ishlash va tog‘-kon bilan bog‘liq ayrim faoliyatlarda ishlash taqiqlanadigan bo‘ldi.
Xalqaro tendensiyalar
29.07.2023. Iyun oyi oxiridan beri jahon bozorida neft narxi 16 foiz oshdi. Narxlarning barqaror o‘sishi birinchi navbatda OPEK+ ishlab chiqarishni ixtiyoriy ravishda qisqartirishi bilan bog‘liq.
29.07.2023. Yevropa banklar boshqarmasi Yevropa Ittifoqi va Norvegiyaning 70 ta moliya institutlari uchun o‘tkazilgan “stress-test” natijalarini e’lon qildi, ular birgalikda bank bozorining 75 foizini tashkil qiladi. Deyarli barcha institutlar o‘ta og‘ir inqirozga qarshi turish uchun yetarli kapital zaxiralariga ega va ular hali ham iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlay oladilar. Faqat uchta bank simulyatsiya qilingan inqiroz holatidadir.
17.07.2023. Rossiya Ukraina g‘alla bitimidagi ishtirokini yangilamadi, shuning uchun uni bekor qildi. Ukraina uchun jahon bozori narxini sezilarli darajada oshgani sabab o‘z donini eksport qilish ancha qiyinlashdi. Jahon bug‘doy bozorining 10 foizi, makkajo‘xori bozorining 15 foizi va arpa bozorining 13 foizi Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ukraina kungaboqar yog‘i bozorida asosiy global o‘yinchi hisoblanadi.