Ommaviy axborot vositalarida Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etilgani haqidagi maʼlumotlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
2022-yil 3-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 56-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari tayinlangan edi.
2022-yil 8-sentyabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-216-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan Strategik islohotlar agentligida lavozimlarga qayta tayinlanish munosabati bilan rahbar oʻrinbosarlari ilgari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Strategik islohotlar agentligi Matbuot xizmati