Аsosiy eʼtibor Oʼzbekistonning xalqaro brendingi strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda esa, TIV rahbarining fikricha, mamlakatning tarixiy merosidan tortib, Yangi Oʼzbekiston yutuqlarigacha boʼlgan barcha jihatlarni qamrab olish muhim.
– Yangi O‘zbekiston har jihatdan ochiq mamlakat. Bugungi kunda u turizm, fan va ta’lim, madaniyat va xalqaro siyosat markazidir. Maʼlumki, mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasining ayni markazida joylashgan boʻlib, Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Yevropa uchun strategik ahamiyatga ega.
Xalqaro brending strategiyasi davlat rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirishi lozim. Tolerantlik, turizm, ilm-fan, ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro aloqalar shular jumlasidandir. Ikkinchisiga kelsak, O‘zbekiston bugungi kunda yuqori darajadagi jahon miqyosida geopolitik markaz sifatida tan olinadi.
Shu yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan ShHT Sammiti doirasidagi davlat rahbarlarining uchrashuvlari va qabul qilingan muhim qarorlar to‘g‘risida jahon ommaviy axborot vositalarida 200 dan ortiq xabarlar keng yoritilgani bunga misoldir.
Oldinda bizni yana ko‘plab oliy darajadagi muhim tadbirlar, jumladan, joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar sammiti va YeTTB boshqaruv Kengashining rahbarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yillik uchrashuvi kutib turibdi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.
Eslatib o’tamiz, Strategik islohotlar agentligi (SIA) Prezidentning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti loyiha ofisi maslahatchilari faoliyatining muvofiqlashtiruvchisi sifatida ishlaydi.