Strategik rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartining Oliy sud raisi Kozimjon Komilov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi sud-huquq tizimidagi normativ-huquqiy bazani modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy Oʻzbekiston islohotlari talablari va xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Suma Chakrabartining soʻzlariga koʻra, soʻnggi besh yil ichida Oʻzbekistonda sud-huquq islohoti sohasida katta ishlar amalga oshirildi, ammo shu bilan birga, ushbu yoʻnalishda yanada samarali harakat qilish uchun yangi loyihalarni ishlab chiqish vazifalari mavjud.
Shu bois huquq sohasidagi xalqaro ekspert-loyiha maslahatchisi Mari-Anna Birken Oʻzbekistonda, ingliz umumiy huquqida samarali faoliyat koʻrsatayotgan “sud prekentori” institutini amaliyotga joriy etishni taklif qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilgari surilgan takliflar allaqachon tegishli tuzilmalarga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan.
Oʻzbekistonda mustaqil xalqaro xoʻjalik sudini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralarga koʻrib chiqish uchun yuborildi.
Bu boradagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish loyihalari boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati