O‘tgan hafta davomida Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: Qorao‘zak tumani 3-toifaga kiradi, tumandagi 13 ta mahallada 54 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 28 mlrd so‘mni tashkil etadi.
1. Tumandagi “Tebenbuloq” koni negizida amalga oshirilayotgan metallurgiya kompleksining qurilish maydoni hududida 3 mln tonna vermikulit zaxirasi Kompleks qurilish ishlari oqibatida kelajakda mazkur mahsulotni qazib olib qayta ishlash imkoni bo‘lmasligi va eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi ehtimoli mavjud.
Vaziyatga yechim sifatida “Tebenbuloq” koni negizida amalga oshirilayotgan metallurgiya kompleksini qurish loyihasi ta’sischilari tomonidan vermikulit mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga ushbu mahsulotni shartnoma asosida qazib olish yoki qazib olingan mahsulotni sotish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish taklifi tayyorlandi.
Buning natijasida tumanda 3 mln dollarlik qo‘shimcha eksport amalga oshiriladi hamda byudjet uchun qo‘shimcha 2 mlrd so‘m tushum manbasi yaratiladi.
2. Bugungi kunda Qorao‘zak tumanida Navoiy Kon-metallurgiya institutining Qorao‘zak tumani filialini tashkil etishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, birgina myetallurgiya zavodi faoliyat yuritishi uchun 3-4 ming malakali mutaxassislar talab etiladi.
Shundan kelib chiqqan holda tuman markazida joylashgan “Agro texnikum” negizida Navoiy Kon-metallurgiya institutining Qorao‘zak tuman filialini tashkil etish taklifi ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: Navoiy Kon metallurgiya institutning Nukus filialida 1,2 mingta talaba tahsil oladi.
Natijada tumanning o‘zida yiliga 150 ta malakali mutaxassislar tayyorlash imkoni paydo bo‘ladi.
3. Tumandagi “Yesim” mahallasi hududida joylashgan 3 ga bo‘sh yer maydoni hozirgi kunda qarovsiz holatda bo‘lib, 8 ta lotga bo‘lingan holda auksion savdolariga chiqarilgan. Ushbu bo‘sh yerlardan unumli foydalanish maqsadida xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish maskanini ishga tushirish.
Ushbu chiqarilgan lotlarga 4 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatish loyihalarini joylashtirish hamda yoshlar bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maskanini tashkil etish taklifi tayyorlandi.
Hududda 8 ta xizmat ko‘rsatish loyihasi shakllantirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi va byudjetga qo‘shimcha 8 mlrd so‘m mablag‘ tushirilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Strategik islohotlar agentligi va Qorao‘zak tumani hokimligi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi kabi barcha tashabbuslarni amalga oshirishga doir hujjat loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.