O‘tgan hafta davomida Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: Shumanay tumani 5-toifaga kiradi, tumandagi 13 ta mahallada 58 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 20 mlrd so‘mni tashkil etadi.
1. Shumanay hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 xalqaro avtomobil yo‘lining 817-831-km qismlarida bugungi kunda foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlardan samarali foydalanish va hududda xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida yerlarni auksion savdolariga chiqarish imkoni mavjud.
Shundan kelib chiqqan holda, ushbu yo‘lning tuman hududidan o‘tadigan qismi bo‘yida investorlar xisobidan 10 ta aholiga xizmat ko‘rsatish konteynerlarini o‘rnatish va buning uchun kamida 500 metr kvadrat yer maydonini auksion savdolariga chiqarish taklifi tayyorlandi.
Natijada 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, aholiga sifatli xizmatlar kӯrsatilishi taminlanadi, turistrlarga tumanda yetishtirilgan xunarmandchilik mahsulotlarni sotish imkoni yaratiladi, xizmat ko‘rsatish ko‘lami va sifati oshiriladi, byudjetga qo‘shimcha soliqlar to‘shiriladi.
2. Shumanay tumanida har yili 10 ming tonnadan ortiq qizilmiya ildizi yetishtiriladi. Ushbu zaxiradan unumli foydalish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali qizilmiya ildizini qayta ishlash loyihasini ishga tushirish taklifi tayyorlandi.
Loyiha ishga tushishi natijasida yiliga 4 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanadi va 60 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Shu bilan birga mahalliy byudjet uchun 0,6 mlrd so‘mlik tushum ta’minlanadi.
3. Shumanay tumani hududida bugungi kunda foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan 1100 gektardan ortiq bo‘sh yerlar bor. Ushbu yer maydonlarining samaradorligini tiklash maqsadida joriy yil va kelgusi 2025-yilda yerlarni suv bilan ta’minlovchi irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish taklifi ishlab chiqildi.
Ushbu yerlarning irrigatsiya tarmoqlarini qayta ishga tushirgan holda va salohiyatli tadbirkorlarga berish orqali 1200 tonna (mosh kunjut) eksportbop mahsulotlar yetishtirish va 220 dan ortiq aholining bandligini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
4. Tumanda yiliga o‘rtacha hisobda 4 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqaradigan korxona mavjud. Ammo paxta tolasini qayta ishlaydigan to‘qimachilik fabrikasi yo‘qligi sababli tola birja savdolari orqali boshqa korxonalarga sotilmoqda.
Shumanay tumanida tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish natijasida qo‘shimcha 150 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, sanoat ishlab chiqarishi va eksport ko‘lami oshishga hamda byudjetga qo‘shimcha yiliga 1 mlrd so‘m soliqlar tushirilishi ta’minlanadi.
Hozirda Strategik islohotlar agentligi va tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan barcha tashabbuslarni amalga oshirishga doir hujjat loyihasini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.