Strategik rivojlanish agentligida Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik (innovatsion start-aplar) yoʻnalishlaridan tashqari, joriy yilning 24-26-mart kunlarida boʻlib oʻtadigan I Toshkent xalqaro investitsiya forumi va uning doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Xorijiy investorlar Kengashi yigʻilishi haqida ham suhbat olib bordilar.
Uchrashuv soʻngida yigʻilish ishtirokchilari hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishdagi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olishdi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati