Strategik rivojlanish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlik samarasi hamda birgalikda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida soʻz bordi.
Shuningdek, 24-26-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan I Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar Kengashining yalpi majlisi hususida ham oʻzaro fikr almashdilar. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari Forumning tashkiliy masalalariga har tomonlama yordamga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtishdi.
Uchrashuv soʻngida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari Forumda ishtirok etish uchun yirik xorijiy kompaniyalarni taklif etishda ham hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati