Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi, Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi oʻrtasida tuzilgan Memorandumga koʻra, Oʻzbekistonda tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal qilish boʻyicha raqamli platforma yaratish masalasida videoselektor koʻrinishida yigʻilish oʻtkazildi.
Mazkur hujjat ijrosi doirasida joriy yilning 3-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining “Biznes uchun” tashabbusi – tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha raqamli platformani tashkil etish jarayonlari, uni boshqarishning tashkiliy jihatlari, shu jumladan moliyalashtirish masalalari, tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi, murojaatlarni koʻrib chiqishda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalovchi jamoat birlashmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzaro hamkorlik tajribasi muhokama qilindi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati