O‘zbekiston Respublikasi strategik rivojlanish agentligida Amerika savdo palatasining Toshkentdagi “Amcham Uzbekistan” vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida qo‘shma amaliy chora-tadbirlar amalga oshirish, shu jumladan, Respublikada biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash sohasida yangi loyihalarni tayyorlash muhokama qilindi.
Shu yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Birinchi Toshkent xalqaro investitsion forumi”da “Amcham O‘zbekiston”ga aʼzo kompaniyalarining ishtiroki masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha investitsiya muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar paketini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati