Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4 martdagi PQ–109-son qaror) 2024 yilning mart-avgust oylaridagi vazifalar ijrosi holati Strategik islohotlar agentligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar yuzasidan muntazam ravishda axborot kiritib borilmoqda.
Bugungi kunda 37 ta yoki 67 foiz topshiriq ijrosi ta’minlandi: 3 ta qonun, 5 ta Prezident farmoni va 9 ta qarori, 12 ta Hukumat qarori qabul qilindi va 8 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ularni amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda (infografika).
Shuningdek, Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangan quyidagi 4 ta qonun Davlat Rahbariga yuborilgan:
a)Tadbirkorlik kodeksi;
b) “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi Qonun;
v)“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun;
g) “Temir yo‘l trancporti to‘g‘risida”gi Qonun;
Rejada belgilangan quyidagi 6 ta hujjat loyihasi Davlat Rahbariga axborot berish uchun tayyorlanmoqda:
a)“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun;
b) “Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun;
v) “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun;
g)elektron to‘lov tizimlari xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha Prezident/Hukumat qarori;
d) “BCG” ekspertlari ishtirokida takomillashtirilgan 2030 yilga qadar gaz bozorini isloh qilish konsepsiyasi bo‘yicha hamda 5 ta tumanda (To‘rtko‘l, Andijon, Chiroqchi, Urgut va Beshariq) suyultirilgan gazni yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorlarga o‘tkazish bo‘yicha Prezident
Quyidagi 2 ta masala bo‘yicha tegishli hujjat loyihalari Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda:
a) piyodalar uchun xavfsiz va qulay yo‘llar, pulli avtoturargohlarni rivojlantirishga oid Prezident qarori (mas’ul: Mahkamov);
b) 2030yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha Prezident qarori (mas’ul: A.Xaydarov).
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Chora-tadbirlar rejasidagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yuzaga kelgan ayrim muammolar bo‘yicha ham axborot berilib, takliflar ma’qullandi.
Xususan, Chora-tadbirlar rejasida 14 ta tumanda qishloq xo‘jaligi bo‘limlari o‘rnida AKIS markazlarini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Jahon banki “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasining 2 mln doll. mablag‘lari hisobidan Agroxizmatlar markazlari (AKIS) tizimini rivojlantirish uchun tanlangan 15 ta tumanda Agromaslahat markazlarini (Extention senter) tashkil etish taklifi tayyorlandi.
Markazlar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga bo‘ysundirilib, pilot loyihasining natijasiga ko‘ra 2027 yildan boshlab barcha tumanlarda Agromaslahat markazlari tashkil etiladi.
Ushbu markazlarga 5 nafardan mutaxassislar (o‘simliklarni himoya qilish, agronom, veterinariya va chorvachilik) jalb qilinadi hamda demonstratsion zonalar tashkil etish, ekinlarning tajriba sinovlarini o‘tkazish, raqamli agroxizmatlar ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar uchun grant mablag‘lari ajratiladi.
Tumanlarning tanlab olinishida ularning yuqori ko‘rsatkichlari inobatga olindi: paxtachilik va g‘allachilik bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Bo‘ka, sabzavotchilik bo‘yicha Yangiyo‘l, Beshariq, kartoshkachilik bo‘yicha Tayloq, Bulung‘ur, mevachilik bo‘yicha Ishtixon, So‘x, anorchilik bo‘yicha Quva, uzumchilik bo‘yicha Oltiariq, Xatirchi, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha O‘rtachirchiq, Dang‘ara, chorvachilik bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tumanlari.
Chora-tadbirlar rejasining mart-avgust oylarida belgilangan tadbirlar ijrosi bo‘yicha hisobotda Agentlik tomonidan bildirilgan takliflar ma’qullanib, rejadagi muhim va dolzarb hujjatlar bo‘yicha Davlat Rahbari huzurida taqdimotlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi hamda.
Strategik islohotlar agentligi tomondan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha keng jamoatchilikka muntazam ravishda axborot berib boriladi.