Uchrashuvda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantonavelli, Jahon bankining raqamli rivojlanish global amaliyoti direktori Kristin Tsyan, Jahon bankining Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi raqamli rivojlanish amaliyoti rahbari Mishel Rogi va boshqa vakillar ishtirok etdi.
Uchrashuvda soʻnggi 6 yilda Oʻzbekiston telekommunikatsiya sohasiga 4,3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingan boʻlib, buning natijasida xizmatlar hajmi 3,7 barobar oshganligi ta’kidlab o’tildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, telekommunikatsiya sohasi Oʻzbekistondagi iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantiradigan va xususiy sarmoyalarni jalb qiluvchi 7 ta ustuvor yoʻnalishdan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan telekommunikatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar kontekstida Jahon banki vakillari bozor tartibga soluvchisining to‘liq mustaqilligini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek uchrashuv davomida, ushbu islohotni samarali amalga oshirish davlat organlarining institutsional salohiyatiga bevosita bog‘liqligi, chunki u barcha bozor ishtirokchilari uchun yaratilgan teng sharoitlar bilan belgilanishi, bularsiz xususiylashtirish va xususiylashtirishning muvaffaqiyatini ta’minlash qiyin bo‘lishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida, mazkur yo‘nalishning muhimligini hisobga olgan holda, telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish funksiyalarini (siyosat ishlab chiqish, bozorni tartibga solish, xizmatlar sifatini nazorat qilish, infratuzilmaga kirishni nazorat qilish va xizmatlar ko‘rsatish) samarali chegaralash masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar telekommunikatsiya sohasini isloh qilish sohasida samarali hamkorlikni davom ettirishga oid qarashlarini bildirib o’tdilar.
Jahon banki vakillari rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlab, samarali hamkorlik va xalqaro tajriba almashish O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini muvaffaqiyatli rivojlantirishning garovi bo‘lishini ta’kidladilar.