O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari hamda “Jamoatchilik nazoratito‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit guruhi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, shuningdek “O‘zsuvta’minot” AJ bilan hamkorlikda aholi uchun yangi qo’llanma ishlab chiqildi.
Mazkur qo’llanma yurtimiz fuqarolari, ayniqsa mahallalarda yashovchilar o‘rtasida keng tarqatilishi lozim, zero ular o‘z ko‘chalaridagi qurilish ishlari to‘g‘ri ketma-ketlikda olib borilayotganiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Qo’llanma aholini ichimlik suvi quvurlarini qurish bo‘yicha belgilangan me’yor va standartlar bilan tanishtiradi.
Yo’riqnoma uch xil ko‘rinishda: o’zbek (kirill va lotin) hamda rus tillarida taqdim etilmoqda. Faylni A4 formatida ikki tomonlama chop etgan ma’qul, foydalanish qulay bo‘lishi uchun esa uni laminatlash tavsiya etiladi.
Shuningdek, qo’llanmadagi QR-kod orqali fuqarolar qurilish qoidalarining buzilishi haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi. To‘plangan ma’lumotlar umumlashtirilib, tegishli organlarga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, fuqarolar QR-kod orqali ichimlik suvining ommabopligiga doir so‘rovnomalarni to‘ldirishlari mumkin.
Ushbu qo’llanma orqali fuqarolar qurilish ishlarini monitoring qilish va suv ta’minoti sifatini yaxshilashda faol ishtirok etish imkonoyatiga ega bo’ladilar.