Strategik islohotlar agentligi tomonidan Nurafshon shahri tadbirkorlarining muammolari aniqlanmoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazib, shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqdi. Xizmat safari davomida mahalliy tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Quritilgan meva ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 1 gektar yerga…

Davlat xizmatida strategik rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish» seminarining 3-moduli bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat organlari vakillarini zamonaviy strategik rejalashtirish usullari va vositalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Seminarni Strategik islohotlar agentligi va Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlashtirish agentligi (CFCA) tominidan tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magi asosida…

“El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirishga oid Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iqtidorli yoshlarni xorijdagi nufuzli muassasalarda ta’lim olishini tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali AQSH va Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarini 50 nafar yoshlar bitirdi va ularda o‘qiyotgan vatandoshlarimiz 200 dan oshdi. Umuman, hozirda 110 ming yoshlar xorijda tahsil olayapti. Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan amalga…

Jonli ijroni rag‘batlantirish orqali fonogrammadan foydalanishni kamaytirishning o‘ziga xos jihatlari

Strategik islohotlar agentligi tomonidan jonli ijro asosida kuylash va fonogrammadan foydalanishning amaldagi holati o‘rganildi. Ma’lumki, bu sohaga katta e’tibor qaratilib, jonli ijroni rag‘batlantirish maqsadida san’at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Bunga birgina misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6000–sonli Farmonini keltirish mumkin. Ushbu Farmon…