Xalqaro maslahatchilar kengashi demografik omilni mamlakat rivojlanishiga integratsiya qilish mexanizmlarini taklif etdi

Xalqaro maslahatlashuv kengashi O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlardan to‘g‘ri foydalanish choralariga doir takliflar ishlab chiqdi. Xususan, Kengash demografik masalalar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni taklif qilmoqda. Ular orasida ta’lim darajasini oshirish (ayniqsa xotin-qizlar uchun), kasbiy-texnik ta’limni rivojlantirish, xorijda shartnoma asosida mehnat faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar sektorini faol rivojlantirish kabi mexanizmlar mavjud. Kengashning tavsiyasiga ko‘ra, aholining tabiiy o‘sish…

Xalqaro maslahatchilar kengashi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni taklif qildi

Xalqaro maslahatchilar kengashi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan hujjat taqdim etdi. Unda sohaga oid mavjud holatning kompleks tahlili, aniqlangan tuzilmaviy va institutsional cheklovlar, shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan aniq tavsiyalar bayon etilgan. Xususan, hujjatda suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish va resurslarni boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish agrar sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.…

Oʻzbekiston BMT Davlat Xizmati Forumiga mezbonlik qilmoqda

O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor davlat boshqaruvi sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – BMTning Davlat Xizmati Forumi (UNPSF 2025)ga mezbonlik qilmoqda. Forum 23–25-iyun kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtmoqda va Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan, jumladan Samoa va Butan kabi kichik davlatlardan rekord miqdorda vazirlar va davlat xizmatiga masʼul organlar rahbarlarini birlashtirdi. Shuningdek, xalqaro…

Agentlikda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Xuterer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalarini e’tirof etib, Germaniyaning yangi hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlikni doimiy uchrashuvlar va maslahatlashuvlar orqali, jumladan “Markaziy Osiyo –Germaniya” formati doirasida davom…

Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va Yevropa komissiyasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq bo‘yicha xalqaro hamkorlik direktori Peteris Ustubs boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ustubs “O‘zbekiston Mamlakat platformasi” doirasida faol ishtirok uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu tizimni xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada takomillashtirish yo‘lida isloh qilishni…

Toshkentda “Markaziy Osiyo – 2050” forsayt seminari boshlandi

Poytaxtda “Markaziy Osiyo – 2050: umumiy farovonlik va barqarorlik sari yo‘l” mavzusidagi birinchi mintaqaviy forsayt-seminar o‘z ishini boshladi. Seminar Markaziy Osiyoning beshta davlatidan kelgan davlat idoralari, tahliliy va ilmiy tadqiqot markazlari hamda mustaqil ekspertlarni birlashtirdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Qozog‘istonning Strategik…

Davlat sektori kommunikatsiyasining zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi

Latviya Markaziy moliyalashtirish va kontraktlar agentligi (CFLA) va Strategik islohotlar agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida “Strategik kommunikatsiyalar va yangi tarmoq strategiyalari bo‘yicha axborot berish” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik seminar yakunlandi. Tadbirda vazirlik va idoralar hamda matbuot xizmatlari vakillari ishtirok etib, aholi va ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish bo‘yicha o‘z tajriba…

Oʻzbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi yoʻnalishlari shakllantirilmoqda

Ma’lumki, Turizm qoʻmitasi va Strategik islohotlar agentligi tomonidan «Reformatics» xalqaro konsalting kompaniyasi ishtirokida Oʻzbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Oʻtgan davr mobaynida kompaniya tomonidan ekspertlik yordamini koʻrsatish doirasida joylardagi turistik infratuzilmaning tahlili, maʼlumotlar to‘plash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilib, oʻquv tadbirlari tashkil etildi. Dastlabki bosqichda “Reformatics” vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz va Angor tumanlari salohiyati va «o‘sish nuqtalari» o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz va Angor tumanlari bo‘yicha kompleks SWOT-tahlil tayyorlanib, unda mazkur tumanlarning kuchli jihatlari, rivojlanish istiqbollari hamda alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishlari belgilab olindi. Termiz tumanining kuchli jihatlaridan biri uning geografik joylashuvidir. Tuman viloyat markazidan atigi 18 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, xalqaro aeroport, temir yo‘l tarmoqlari va M-39 avtomagistrali…

Agentlikda elektron to‘lovlar ulushini oshirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish doirasida bir qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va mavjud cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Xususan, marketpleyslar rivoji elektron savdo hajmining ortishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, norasmiy yo‘llar bilan olib kirilgan…