Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori Laziz Kudratov hamda Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi rahbari Svetlana Chupsheva oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Rossiyalik hamkasblar ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishni ustuvor vazifa ekanini taʼkidlab, strategik tashabbuslarni hayotga tadbiq etilishida oʻzaro bilim va tajribalarini almashishga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtirishdi.
Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston tomoni ham hamkorlikdan maanfatdor ekanligini taʼkidlab, ularga minnatdorlik bildirar ekan, mamlakatda eng qulay ishbilarmonlik muhitini tashkil etish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda investitsion muhiti boʻyicha hududlar reytingini joriy etishda Agentlikni oʻrniga alohida eʼtibor berildi.
Mazkur reyting mahalliy hokimiyat organlarning hududlarda biznes sharoitlarni yaxshilash, tartibga solish muhitini, biznes, infratuzilma va resurslar institutlarini, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash darajasini va boshqa masalalarni baholash boʻyicha olib borilayotgan faoliyat samaradorligini obyektiv baholashga imkon beradi.
Uning muvaffaqiyatli qoʻllanilishi investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni rivojlanishiga olib kelishi bilan birgalikda, viloyatlar misolida eng yaxshi amaliyotlarni aniqlashga va ularni boshqa hududlarga tadbiq etishga yordam beradi.
Tomonlar shuningdek, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni tashkil etishni va bu borada ikki tomonlama reja tuzilishi kerakligiga kelishib olishdi.