Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  2025 yil 6 noyabr kuni Toshkent shahrida gibrid formatda, respublika hududlari videokonferensaloqa orqali bog’langan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Kengash a’zolari, vazirlik va idoralar hamda hokimliklarning mas’ul mutasaddilari, shuningdek, tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat…

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mamlakatimizda islohotlar sur’ati yuqori. Barcha sohalar zamon talabi asosida rivojlantirilmoqda. Vazirlik va hokimliklarning tashabbuslari inobatga olinib, turli reja va dasturlar qabul qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, ularni muvofiqlashtirish, yagona mezon asosida amalga oshirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, Strategik islohotlar…