Naqd pulsiz to‘lovlar ulushi 75 foizga yetkaziladi

Avval xabar berganimizdek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan onlayn to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar hamda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Mazkur chora-tadbirlarni ishlab chiqishda elektron to‘lovlar sohasi rivojlangan davlatlarning tajribasi o‘rganildi, bu borada mahalliy va xorijiy to‘lov tizimi operatorlari, banklar va yirik fintex kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bugun O‘zbekiston…

Onkologiya mutaxassislari Amerikada malaka oshirdi

Respublika onkologiya va radiologiya markazining bir guruh mutaxassislari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Huntsman saraton institutida malaka oshirdi. Bu o‘quv safari Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tashabbusi bilan AQSHning “The Stirling Foundation” xayriya jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024 yil 22 noyabrda qabul qilingan “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori…

Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

Mamlakatni bilimli, fidoyi va shijoatli insonlar rivojlantiradi. O‘zbekistonda barcha islohot va rejalar xalqimizning talab va takliflariga tayanadi. Endi buning uchun qulay imkoniyat bor – “Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir. Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025…

Sheriklik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi

28-noyabr kuni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari – “Yevropa, O‘rta yer dengizi va Markaziy Osiyo” mintaqaviy departamenti bosh direktori Karsten Shmits-Xoffmann hamda jamiyatning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoaxim Frits bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hamkorlikda qilingan ishlar, xususan, strategik rejalashtirish sohasida erishilgan natijalar muhokama qilindi. GIZ eksperti Zorka…

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ijrosini muvofiqlashtirib boradi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish bilan: 1) 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshiriladi. Dasturda 4 ta asosiy vazifa belgilab berildi. 2) “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi…

Samarali boshqaruv tajribalarini almashish bo‘yicha hujjat imzolandi

Toshkent shahrida 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida aholi va biznes uchun byurokratiya, ovoragarchilik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. So‘nggi yillarda respublikamizda byurokratiyani qisqartirishga qaratilgan 9 ta farmon…

Kelgusi yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Moskva shahrida Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi direktori Svetlana Chupsheva bilan uchrashdi. S.Chupsheva mamlakatimiz vakillarini qutlab, ikki agentlik o‘rtasida ishonchli sheriklik va do‘stona munosabatlar o‘rnatilgani, so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib borayotganini e’tirof etdi. B.Raxmatov Rossiya tomonini “Hamma uchun ochiq” birinchi forumi muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan tabriklab, buning ijtimoiy ahamiyatini alohida…

SRIA vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Hamma uchun ochiq” xalqaro forumida ishtirok etdi. Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy institutlar va jamg‘armalardan 1 mingga yaqin vakillar jamlandi. Forumning maqsadi nogironligi bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda faol bo‘lishi uchun qulaylik yaratishdir.…

“UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” hujjatli filmi endi YouTubeda

Avval xabar berilganidek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Londondagi elchixonasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (“O‘zbekiston – oltin yo‘l”) nomli hujjatli film yaratilgan edi. Britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan suratga olingan kartinada mamlakatimizning buyuk tarixi va turizm salohiyati haqida hikoya qilingan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax,…

“Mening yurtim – mening xaritam” shiori ostida mapaton oʻtkazildi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida xalqaro geoaxborot tizimlari kuniga bagʻishlangan Mapaton – 2025 boʻlib oʻtdi. Tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Geologiya fanlari universiteti hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda tashkil etildi. Mapaton geofazoviy maʼlumotlarni yaratish, yangilash va tahlil qilish boʻyicha keng koʻlamli jamoaviy tadbir boʻlib, unda 300 nafar talaba ishtirok etdi.…