Samarali boshqaruv tajribalarini almashish bo‘yicha hujjat imzolandi

Toshkent shahrida 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida aholi va biznes uchun byurokratiya, ovoragarchilik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. So‘nggi yillarda respublikamizda byurokratiyani qisqartirishga qaratilgan 9 ta farmon…