Nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 8-9-oktyabr kunlari nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamkorligida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida tashkil etildi. Seminar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “O‘zbekiston bo‘yicha davlat boshqaruvi sharhi”ning (Public Governance Review) ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkazilib, birinchi…

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari yurtimizning turizm salohiyati bilan tanishdi

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule mamlakatimiz hududlarida bo‘lib, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Ular dastlab Samarqandga tashrif buyurib, tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi. Hududdagi turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ko‘zdan kechirdi. Kengash a’zolari Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev bilan uchrashdi. Ularga hududda turizmni…

“Erta aniqla – hayotni saqla” oyligi bo‘lib o‘tmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan oktabr oyi ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish oyi, deb e’lon qilingan. Joriy yilda O‘zbekistonda bu oy “Erta aniqla – hayotni saqla” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” guruhi tomonidan jamoat tashkilotlari hamda yirik korxonalar hamkorligida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024…

Hamkorlik uchun yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi

  Strategik islohotlar agentligida Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi direktori Svetlana Chupsheva boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonni qutlar ekan, Strategik islohotlar agentligi direktori B.Raxmatov ikki agentlik o‘rtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va strategik rivojlanish borasidagi samarali ishlarni qayd etdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, turizm, kreativ…

Milliy brendlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Biznikilarni bil” nomli birinchi milliy brendlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi hamkorligida tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi – istiqbolli mahalliy kompaniyalar va milliy brendlarni aniqlash, ularga xorijiy bozorga chiqishda ko‘maklashish, ularning tanilishi va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga yordam berishdir.…

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari bilan uchrashuv

Strategik islohotlar agentligida Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori B.Raxmatov mehmonlarni qutlar ekan, o‘zaro hamkorlikda erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Jumladan, Kengash tavsiyalari asosida pensiya va soliq tizimlari, ta’lim hamda demografiya sohalari isloh qilinmoqda. Uchrashuvda kasbiy ta’limda dual tizimni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.…