Tuman va shaharlarda natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Avval xabar berilgandek, bu hujjat Davlatimiz Rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqildi. Farmon ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Bunday tizim, tajriba-sinov tariqasida, 45 ta tuman…

Britaniya telekanalida Oʻzbekiston haqidagi film premyerasi

Strategik islohotlar agentligi va Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi. Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan. ❗️Film premyerasi bugun, 18-oktyabr kuni London…

Amaliy tadbirlar rejasi muhokama qilindi

Farg‘onada o‘tgan xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Qirg‘iz Respublikasi Milliy strategik tashabbuslar instituti direktori o‘rinbosari Nurlan Dardanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda Agentlik va Institut o‘rtasida tajriba almashish muhimligi alohida ta’kidlandi. Strategik rejalashtirish va innovatsion yechimlar sohasidagi hamkorlikdagi ishlar boshqaruv natijadorligini oshirish va islohotlarni samarali tatbiq etishga xizmat qilishi qayd etildi.…

Islohotlar va tadqiqotlar sohasida mintaqaviy hamkorlik kengaymoqda

Joriy yil 15-16 oktyabr kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Alua Joldibalinaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda yaqin istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, kichik va o‘rta shaharlarni boshqarish hamda rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirish, urbanizatsiya darajasini oshirish, qo‘shma…

Farg‘ona vodiysi – tinchlik, taraqqiyot va islohotlar hududi

Farg‘ona shahrida «Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish» mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. U barqaror rivojlanish va mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Forum O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etildi. Anjumanda MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarining strategik tadqiqot va islohotlar bo‘yicha etakchi muassasalari ekspertlari, fuqarolik jamiyati, ishbilarmon va…

Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasiga doir davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, “Ijtimoiy sohadagi davlat investitsiyalarini boshqarish geoportali” joriy qilinishi ko‘zda tutilgan. Portalda infratuzilmaga oid axborotlar yagona yondashuv asosida jamlanadi va tizimlashtiriladi. Bu ijtimoiy sohaga oid strategiyalarni ishlab…

Qishloq hududlarga mos sanitariya loyihasi ishga tushdi

Hududlarda ijtimoiy sohalar yaxshilanishi, aholining turmush madaniyati oshishida maishiy sharoitlar juda muhim. Markazlashgan oqova tarmog‘i bo‘lmagan chekka joylar uchun muqobil texnik yechimlar qo‘l keladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 11-maktabda shunday alohida tarmoqqa ega hojatxona barpo etildi. Loyiha Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” guruhi tashabbusi bilan AQSH tajribasi asosida, grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Amerikaning chekka…

Maslahatlashuvlarni mustahkamlashga kelishib olindi

Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari Arno Prete, Izabel Shatri, Migel Bover va Elina Smetanina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori Baxodir Raxmatov ekspertlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda davlat boshqaruvi isloh qilinayotganini ta’kidladi. Bu borada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Xususan,…

Nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 8-9-oktyabr kunlari nomarkazlashtirish va hududiy boshqaruvni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamkorligida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida tashkil etildi. Seminar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “O‘zbekiston bo‘yicha davlat boshqaruvi sharhi”ning (Public Governance Review) ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkazilib, birinchi…

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari yurtimizning turizm salohiyati bilan tanishdi

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule mamlakatimiz hududlarida bo‘lib, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Ular dastlab Samarqandga tashrif buyurib, tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi. Hududdagi turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ko‘zdan kechirdi. Kengash a’zolari Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev bilan uchrashdi. Ularga hududda turizmni…